O'quvchilar, to'lovlar, davomat va guruhlar bitta panelda. Savol berasiz — AI Direktor markazingiz ma'lumotlari asosida darhol javob beradi.
Qog'oz jurnal, alohida Excel fayllar va tarqoq Telegram guruhlari o'rniga — sotuvdan moliyagacha, ta'limdan sun'iy intellektgacha barcha jarayon bitta tizimda.
Yangi → Bog'landi → Sinovda → Eslatma — har bir mijoz qayerda ekani doim ko'rinadi.
Lid qo'shilgan zahoti kuni, vaqti, xonasi, o'qituvchisi bilan chek chop etiladi.
Qaysi manba (o'zi keldi/reklama) ko'proq o'quvchi berayotganini aniq ko'rasiz.
Reklama shaklidan kelgan so'rov avtomatik "Yangi lidlar"ga tushadi.
Sinov darsi va to'lov eslatmalari o'quvchiga avtomatik SMS orqali yuboriladi.
Yangi guruh ochishdan oldin, kerakli kun/vaqtga qaysi o'qituvchi bo'sh ekanini bir zumda ko'rasiz.
Har bir o'quvchining to'lov tarixi avtomatik, qarzdorlar darhol ko'rinadi.
Barcha kirim va chiqim (xarajat, maosh, bonus, qo'shimcha daromad) bitta balansda.
Foiz, guruh uchun summa yoki o'quvchi soniga — o'qituvchi maoshini o'zi hisoblaydi.
Muddati o'tgan qarzdor kabinetiga kirganda to'lov talab qilinadi — avtomatik.
Barcha guruh narxini bir necha bosishda, foiz bo'yicha yoki belgilangan summaga o'zgartiring.
Har bir o'qituvchiga qancha to'langani, qachon — bitta hisobotda.
Guruh, xona va o'qituvchi vaqti to'qnashib qolsa, tizim avtomatik ogohlantiradi.
O'qituvchi mobil ilovadan belgilaydi, ota-ona/o'quvchi darhol xabar oladi.
O'quvchi javob varag'ini suratga oladi, sun'iy intellekt o'qib, avtomatik baholaydi.
O'quvchi insho yozadi, AI bir necha soniyada baho va izoh beradi.
Xona to'lib qolsa, tizim yangi o'quvchi qo'shishga yo'l qo'ymaydi.
Excel/CSV fayldan bir zumda o'nlab o'quvchini tizimga qo'shing.
Xodim yoki direktor tabiiy tilda savol beradi, AI darhol javob topadi.
Kelmagan o'quvchiga avtomatik qo'ng'iroq qilib, sababini so'raydi.
PREMIUMDavomat, baho va to'lovga qarab, qaysi o'quvchi ketib qolishi mumkinligini oldindan aytadi.
Bir tugma bilan mijozga qo'ng'iroq qiling — suhbat avtomatik yozib olinadi.
Admin, Kassir, Qabulxona — har biri faqat o'ziga kerakli bo'limni ko'radi.
Kim qachon ishga kelib-ketgani avtomatik qayd etiladi.
Bitta login bilan barcha filiallar orasida almashing, natijalarni solishtiring.
O'chirilgan o'quvchi yoki guruh yo'qolmaydi — istalgan payt qayta tiklanadi.
Kim darsni ko'p qoldirgani, ish haqi, chiqib ketganlar — bir necha bosishda.
O'quvchini vaqtincha to'xtatish yoki chegirma so'rovi — bir joydan.
Yaxshi natija uchun tanga yig'adi, ichki do'kondan kichik sovg'aga almashtiradi.
O'quvchi o'z guruhidagi o'rnini real vaqtda kuzatadi — bu rag'batni oshiradi.
Yangi baho, to'lov eslatmasi — o'quvchi darhol o'z ilovasida ko'radi.
Ko'pchilik CRM tizimlar raqam ko'rsatadi. AI Direktor sizga o'sha raqamlarni tushuntiradi va kerak bo'lganda o'zi harakat qiladi.
"Bugun nechta o'quvchi kelmadi?", "Guruh qanday yaratiladi?" — har qanday xodim oddiy o'zbek tilida savol beradi, tizim ma'lumotlar bazasidan javob topadi.
Daromad dinamikasi, qarzdorlik tendensiyasi, qaysi guruh samaraliroq — direktor darajasidagi savollarga alohida parol bilan himoyalangan bo'limda javob beriladi.
Kelmagan o'quvchiga tizim o'zi qo'ng'iroq qilib, sababini so'raydi va natijani operator paneliga yozadi — Premium tarifda.
Web-panel administrator uchun, mobil ilovalar esa kundalik ishni tezlashtiradi.
Guruhlarini boshqaradi, davomat va baho qo'yadi, AI yordamchidan savol so'raydi.
Baho, davomat, uy vazifasi va imtihon natijalarini kuzatadi — tangalar to'plab do'kondan sovg'a oladi.
Farzandining baho, davomat va to'lovlarini real vaqtda kuzatib boradi.
Markaz nomi, telefon raqami, login va parol kiritib, o'zingiz ro'yxatdan o'tasiz — bir necha soniyada.
Guruh, o'qituvchi va o'quvchilarni tizimga qo'shasiz — yordam kerak bo'lsa, Telegram orqali birga qilamiz.
30 kun to'liq bepul foydalanasiz, keyin markazingiz hajmiga mos tarif tanlaysiz.
To'lov faqat faol (muzlatilmagan) o'quvchilar soniga qarab hisoblanadi — yashirin to'lov yo'q.
Birinchi oy bepul — hech qanday bog'lanish yo'q. Savollaringiz bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri Telegram orqali yozing.
Ro'yxatdan o'tish